20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,2 °C

investitsiyalar
18 Yanvar  2019 1826

Prezident huzuridagi Ekspert kengashi tashkil etildi

Har oyda Bosh vazirning vazirlar, hokimlar, O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan birgalikda investorlar bilan shaxsan uchrashuvlarni o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi.

Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni maslahat va ekspertlik jihatidan ta’minlash maqsadida  Prezident huzuridagi Ekspert kengashi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Ekspert kengashi tarkibiga muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar, atoqli davlat va jamoat arboblari, olimlar, jumladan, xorijiy davlatlar fuqarolari va xorijdagi vatandoshlar kiritiladi.

2019-yil 1-iyunga qadar har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, birinchi navbatda, investitsiya jalb etish uchun ustuvor yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining o‘rta muddatli istiqboldagi investitsiya siyosati strategiyasi ishlab chiqiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech