20 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,4 °C

Hukumat
10 May  2019 1197
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Prezident Bog‘iston ko‘chasidagi yangi uylarni borib ko‘rdi

Toshkent shahrining Chilonzor tumani Bog‘iston ko‘chasidagi uylar rejalashtirilgan loyihalar izchil amalga oshirilayotganiga yana bir misol.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 21-dekabr kuni bu yerga kelib, qurilish maketlari bilan tanishgan, zarur ko‘rsatmalar bergan edi. Oradan besh oy o‘tib, bu yerda ulkan va zamonaviy mavze paydo bo‘ldi. 

9 qavatli 24 ta uy bunyod etilishi loyihalashtirilgan. Hozirda 10 ta uyda qurilish yakunlanib, ichki va tashqi pardozlash ishlari olib borilmoqda.

Davlatimiz rahbariga uylarning qurilish texnologiyasi, sifati haqida ma’lumot berildi. 

Uylar innovatsion usullar asosida qurilgan bo‘lib, devorlari qo‘shimcha materiallar bilan qoplangan. Bu issiqlikni saqlash, energiyani tejash imkonini beradi.  Isitish va sovitish tizimi har bir xonadonda mustaqil boshqariladi. 

Prezidentimiz bu uylarning sifati, energiyani tejashi xalqimizga ma’qulligi, shu tajriba asosida mamlakatimizning boshqa hududlarida ham turar joylarni ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech