09 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,2 °C

Bo‘sh vaqtda
29 Dekabr  2018 2676

“Prezident archasi” tantanalari boshlandi

Bugun yurtimizning barcha hududlarida “Prezident archasi” tantanalari boshlandi.

Jumladan, Poytaxtimizdagi “Turkiston” saroyida ham ana shunday bayram tadbirlari boshlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirga poytaxtimizdagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, maxsus maktab-internatlar o‘quvchilari, kam ta’minlangan oilalar, yurtimiz tinchligi va barqarorligini asrash yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari, turli yutuq va muvaffaqiyatlarga erishib tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan o‘g‘il-qizlar taklif etildi.

Bugungi kunga kelib, bolalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan taqdim etiladigan 11 nomdagi o‘quv qurollari va 17 nomdagi shirinliklardan iborat bo‘lgan qariyb 11 ming dona sovg‘a tayyorlandi.

Joriy yilning 26-dekabr kuni Toshkent (981 dona), Sirdaryo (304 dona), Jizzax (344 dona) viloyatlariga, jami 1629 dona Prezident sovg‘alari avtotransportlarda yetkazildi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 25-27-dekabr kunlari 6 ming 468 dona Prezident sovg‘asi “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi samolyotlari orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 9 ta viloyatga yetkazildi.

Prezident sovg‘alari bolajonlarga joriy yilning 29-30-dekabr kunlari o‘tkaziladigan “Prezident archasi” tadbirlarida mahalliy hokimliklar va Respublikadan biriktirilgan vakillar ishtirokida tantanali ravishda topshiriladi.

         Mehrangiz Usmonova.

Galiev olgan suratlar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech