23 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,3 °C

Energetika
16 Sentyabr  2019 719

Bizga hech qanday ma’lumot yoki xabar kelib tushmagan

OAVda chop etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonda elektr tarmoqlari portlashi oqibatida O‘zbekistondan uzatilayotgan elektr ta’minoti to‘xtatilgan. Biroq Energetika vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlariga elektr uzatish tarmoqlari (tarmoq ustunlari) portlatilgani borasida Afg‘onistondagi xaridorlardan hech qanday ma’lumot yoki xabar kelib tushmagan. Mavjud shartnoma asosida Afg‘oniston Islom Respublikasiga uzilishlarsiz elektr energiyasi yetkazilib bermoqda (1 sutkada taxminan 1,5 mln. KVt/soat), deb xabar qiladi O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Lekin shuni aytish joizki, 2019-yil 14-sentyabr soat 14:00 dan keyin O‘zbekistondan Afg‘onistonga uzatilayotgan energiya miqdorini qabul qilish darajasida keskin tushish holati kuzatildi. Bu odatdagida qariyb 3 marta kam ekani qayd etilgan.

Elektr uzatish tarmoqlari, ya’ni havo liniyalarining tayanch ustunlariga yetkazilgan zarar, ularni ta'mirlash ishlarini har bir mamlakat o‘z hududida o‘zi amalga oshiradi.

Ayrim sabablarga ko‘ra, ta’minoti uzilgan elektr tarmog‘i, taxminimizcha, Afg‘oniston iste'molchilari Tojikiston Respublikasidan xarid qiladigan havo liniyalarida kuzatilgan bo‘lishi mumkin. Agar ushbu taxmin o‘z isbotini topsa, tojikistonlik va afg‘onistonlik mutaxassislar ta’mirlash ishlarini qachon va qay tartibda amalga oshirishi ma’lum emas.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech