22 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,3 °C

Yashil sayyora
24 Yanvar  2019 2160

Xalqaro hamjamiyat vakillari – Orolbo‘yi fojiasiga madadkor

Yaqinda poytaxtimiz Toshkent shahrida BMTning Ko‘psheriklik trast fondi qo‘mitasi yetakchilari ishtirokida Orolbo‘yi hududida inson xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan birinchi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2018-yilning 27-noyabrida mazkur fond BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida rasmiy tarzda, butunjahon tashkilotining bosh kotibi Antoniu Guterrish boshchiligida o‘z faoliyatini boshladi. Fond faoliyatining asosiy maqsadi, Orolbo‘yi hududidagi ekologik fojia oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan loyihalar uchun xalqaro hamkorlik yagona maydonini rivojlantirish, shuningdek, moliyaviy va texnik vositalarni safarbar qilishdan iboratdir. Fond 2023-yilning oxiriga qadar faoliyat ko‘rsatadi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Suhrob Xolmurodov va BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzerlar fondning hamraislari etib tasdiqlandilar.

Fond 2 milliondan ziyod aholi istiqomat qilayotgan Orolbo‘yi hududida ish o‘rinlarini ko‘paytirish, ijtimoiy va tabiiy sharoitlarni yaxshilash maqsadida, besh yil mobaynida 123,2 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ jalb etishni rejalashtirishgan.

– Mazkur yangi fond Orolbo‘yi hududiga xalqaro jamoatchilikning e’tiborini yanada ko‘proq jalb etishiga ishonamiz, – dedi S.Xolmurodov qo‘mita yetakchilari yig‘ilishida.

O‘zbekiston hukumati 6,5 million AQSh dollari ajratgani holda, fondning ilk donoriga aylandi. O‘z navbatida, Norvegiya, Yaponiya va boshqa bir qator mamlakatlar ham fond loyihalarini moliyalashtirish istagida ekanliklarini bildirishdi.

Shuningdek, Innovatsion rivojlantirish vazirligi ham fond doirasida amalga oshiriladigan qariyb 60 million AQSh dollariga teng 19 loyihani tayyorlab qo‘yganini ma’lum qildi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech