04 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,9 °C

Bo‘sh vaqtda
27 Dekabr  2019 1273

Toshkentda “DANCE MUSIC FEST 2019 Winter” festivali o‘tkaziladi

Bugun Toshkent shahrining “Yunusobod” tennis klubida “Dance Music Fest 2019-Winter” musiqa festivali o‘tkaziladi, deb xabar qiladi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Dance Music Fest – bu yoshlar auditoriyasiga qaratilgan Markaziy Osiyo hududida bo‘lib o‘tuvchi birinchi ajoyib elektron musiqa festivalidir. Mazkur festival 2017-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinadi, u nafaqat mamlakatimiz, balki ko‘plab xorijiy mamlakatlar aholisi orasida ham tobora mashhur bo‘lib bormoqda. Festivalning maxsus mehmonlari – turkiyalik disk-jokey va prodyuser Mahmud O‘rhan hamda belgiyalik di-jey Romeo Blanco, shuningdek, DJ Trace, DJ Cayote, DJ Taker, DJ KMRN va DJ Cybermode. Tadbir Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ko‘magida o‘tkazilmoqda

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech