18 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,6 °C

Mamlakatimizda
23 Yanvar  2020 728

Tojikiston hukumati o‘zbek-tojik qo‘shma korxonasiga yangi soliq imtiyozlari taqdim etdi

«Artel Avesta Elektroniks» qo‘shma korxonasi besh yil muddatga QQS, foydadan soliq va bojxona bojlaridan ozod etildi.

Tojikiston hukumati, Tojikistonning «Avesto grupp» MChJ korxonasi va O‘zbekistonning «Artel Engineering and Management» MChJ korxonalari o‘rtasida mayishiy texnika buyumlari ishlab chiqarish bo‘yicha investitsion kelishuv ratifikatsiya qilingan.

Tojikiston Davlat mulk qo‘mitasi rahbari Farux Hamralievning so‘zlarga qaraganda, yangi QKning qiymati 10 million dollarga teng. Uni to‘liq bunyod etib, jihozlash uchun esa har ikkala tomon 5 million dollardan mablag‘ ajratgan.

Tojikiston hukumati korxonani qo‘shimcha qiymat solig‘i, foyda solig‘i, shuningdek bojxona bojlari to‘lovidan yaqin besh yil muddatga ozod etishni zimmasiga olgan.

Yangi QKning ish boshlashi uchun hamma narsa tayyor. Tojikistonlik mutaxassislar «Artel Engineering and Management»ning Toshkentdagi ofisida zarur tayyorgarlikdan o‘tib bo‘ldilar.

QK mayishiy changyutgichlar va suv isitkichlarni eng yaqin bayram — Navro‘z ayyomi arafasida chiqarmoqchi. Yil oxiriga kelib esa — televizor va kir yuvish mashinalarini ishlab chiqarila boshlanadi.

Tojikiston bozorini qamrab olishdan tashqari maxsulotni Afg‘oniston va Pokistonga eksport qilish mo‘ljallanyapti, deb xabar beradi ASIA-Plus.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech