04 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,3 °C

Tashvishli xabar
3 Mart  2020 3450

Sirg‘alida folbin qo‘lga olindi

Poytaxtimizning Sirg‘ali tumanida yashovchi 56 yoshli Nagima opani firibgarlar chuv tushirishgan.

Uning aytishicha, 2019-yili 2-dekabr kuni uyiga notanish ayol kelib, xonadonga va katta o‘g‘liga sehr tekkaniga ishontirgan. Keyin esa o‘z yordamini taklif qilgan, ya'ni «sehrdan xalos etishini» va’da qilgan. Firibgarning «xolis xizmati» uchun unga 1 500 dollar va umumiy qiymati 1 300 dollarga teng bo‘lgan tilla taqinchoqlarni qo‘sh qo‘llab topshirgan Nagima opa aql-hushini yig‘ib olgandan keyingina Sergeli tumani IIO FMBga murojaat qilgan.

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.  Ko‘rilgan choralar natijasida firibgarlikdan gumonlanuvchi shaxs qashqadaryolik 32 yoshli Manzura ekanligi aniqlanib, qo‘lga olindi. Va unga nisbatan shaxsiy kafillik ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati. Shuningdek fuqarolarni o‘z hayotidagi muammolarini yechishni va’da qilayotgan folbinlarga ishonmaslikka chaqiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech