16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,4 °C

Dolzarb
15 Aprel  2019 1650

Bibi Maryam ibodatxonasida yong‘in chiqdi

Kecha 15-aprel kuni kechasi Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasida yong‘in sodir bo‘ldi.

Ibodatxonani fransiyaliklar Parijning ramzi, deb hisoblashadi. Yong‘inga sabab bo‘lgan variantlardan biri u yerda ta'mirlash va restavratsiya ishlarining olib borilishi deyilmoqda.

O‘t o‘chiruvchilar yong‘in sodir bo‘lgan hududni o‘rab olishdi, deya xabar beradi lenta.ru. Xabarlarga ko‘ra, yong‘in binoning ko‘tarib turuvchi konstruksiyasiga o‘tgan. «Binodan hech nima qolmaydi», deydi Fransiya hukumati vakillaridan biri.

«Le Figaro»ning xabar berishicha, 9 soatdan ko‘proq vaqt davom etgan yong‘in o‘chirilgan. Yo‘qotishlar: ibodatxona tomi va gumbazi qulab tushgan. Bino karkasi saqlab qolingan.

Mamlakat prezidenti Emmanuel Makron ibodatxonaga keldi. U hodisa joyida o‘t o‘chiruvchilarning qahramonona harakati tufayli to‘liq vayron bo‘lishning oldi olingani va «eng yomoni sodir bo‘lmagani» haqida ma’lum qilgan. Ibodatxona yangidan quriladi. Zero, u butun Fransiya va dunyo uchun juda muhim hisoblanadi.

YUNESKO bosh direktori Odre Azule o‘z Tvitterida Bibi Maryam ibodatxonasida sodir bo‘lgan yong‘inni fojia, deb atadi. «1991-yilda jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Avliyo Bibi Maryam ibodatxonasida sodir bo‘lgan fojia butun dunyo ahlini ulkan hayajonga soldi», deya yozadi Azule Tvitterdagi o‘z mikroblogida.

Benoit Tessier / Reuters surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech