16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Transport
9 Sentyabr  2019 274

Poyxtaxt yo‘llarida elektrobus harakatlana boshladi

“Toshshahartransxizmat” AJ va Belarusning «Belkommunmash» kompaniyasi o‘rtasidagi o‘zaro memorandumga asosan poytaxt jamoat transporti harakat tarkibida elektrobuslarni sinov tariqasida yurgizish maqsadida bir dona ana shu turdagi transport vositasi Toshkent shahriga keltirilgani haqida xabar bergan edik. 

“Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmatining xabariga ko‘ra ushbu transport vositasi poytaxt yo‘llariga olib chiqildi. Elektrobus qatnovi shahar markazida amalga oshiriladi.

Elektrobasning texnik imkoniyatlarini o‘rganish, shunga muvofiq biriktiriladigan yo‘nalishni belgilash maqsadida Belorus hamda jamiyat mutaxassislari ilk kuzatuvni amalga oshirdilar.

 ye420 “Vitovt Elektro” rusumli elektrobus bir martalik quvvat bilan 20-25 kilometr atrofida masofa bosib o‘tadi. Quvvat olish vaqti esa 6-8 daqiqaga teng. O‘rtacha 90 ta yo‘lovchi olib yurish imkoniyatiga ega.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech