04 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,8 °C

Xalqaro hamkorlik
3 Iyun  2020 317

Poytaxtlar pandemiyaga qarshi hamjihatlikda

Bugun “CAC Global Summit 2020” onlayn anjumani ish boshladi.

Unda dunyoning 22 ta davlatining poytaxtlari va yirik shaharlari boshqaruvchilari ishtirok etmoqda. Anjumanning asosiy nuqtasi Koreya poytaxti Seul shahri meriyasi.

Anjumanda dunyo shaharlari boshqaruvchilari oʻz tajribalaridan kelib chiqqan holda COVID-19ni butkul yengish yoʻllarini izlash va bu borada global hamjihatlik va hamkorlik tizimini yaratish masalasini atroflicha muhokama qilishlari rejalashtirilgan.

Sammitni anjuman moderatori Tereza Sengyung Ra ochib berdi.

Soʻng Seul shahri meri Pak Vonsun soʻzga chiqib, Seulning koronavirus pandemiyasining kelib chiqishi mumkin boʻlgan oqibatlarini hal etishga qarashlari haqida soʻz yuritdi. London meri Sodiq Xon esa ularning shahridagi bugungi holat haqida maʼlumot berdi. Merilend okrugi gubernatori Lerri Xogan ham ayni paytdagi vaziyatga toʻxtalib oʻtdi, Jakarta meri Aniyes Basvidan Jakarta koronavirus pandemiyasidan nimalarni oʻrgangani va dunyo shaharlari qanday hamkorlik qilishi kerakligiga toʻxtalib oʻtdi. Moskva meri Sergey Sobyanin ham Rossiyaning koronavirusga qarshi kurashdagi tajribasi, unga qarshi ishlab chiqilayotgan vaksina va dorilar, hozirgi vaziyat va natijalar haqida maʼlumot berdi.

Shuningdek, sammitda Bilbao meri Xuan Mari Aburto, Kuala-Lumpur meri Dato Nur Xisham Daxlan, Monreal meri Valeri Plante, Anqara meri Mansur Yavash, Ulan Bator meri Amirsayxan Sainbuyan, Tel-Aviv meri Ron Xulday, Fritaun meri Ivonne Aki Saver, Kolombo meri Rozi Senanayaki, Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Sharof Rahmonov, Lima shahri meri Xorxe Munyus Vells, Budapesht shahar hokimining ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Erjibet Nemet, Dehli shahri bosh vaziri oʻrinbosari Deli Manish Sisodiya, Guayakil shahri meri Sintiya Viteri, Kiyev meri Vitaliy Klichko, Afina shahri merining taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari Emmanuil Kalampokaslar oʻz hududlaridagi vaziyat, koronavirusga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar, erishilgan natijalar va pandemiyadan keyingi davr uchun moʻljallangan ishlari haqida maʼlumot berib oʻtdilar.

Xususan, dunyo shaharlari boshqaruvchilari oʻz chiqishlarida pandemiya sababli barcha hududlarda virusning yana-da keng tarqalishiga chek qoʻyish va ushbu pandemik inqirozni yengib oʻtish uchun barcha kuchlarini sarf qilayotganliklarini taʼkidlab oʻtdilar. Tajriba kasalliklar chegara va irq tanlamasligini va ularni xalqaro hamjamiyatning kelishilgan xatti-harakatlari orqali yengish, oqibatlarini yumshatish mumkinligini oʻrgatganini taʼkidlab oʻtdilar, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Sammitning birinchi kuni yakunida Seul meri COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashishda shaharlararo tarmoqni tashkil etishga oid taklifini bayon etdi.

Pan Vonsunning soʻzlariga koʻra, bu borada davlatlararo hamjihatlik nihoyatda zarur. Shundan kelib chiqib, infeksion kasalliklarga tezkor choralarni koʻrish imkoniyatini beruvchi shaharlararo tarmoqni barpo qilish lozim.
Bu esa
— infeksion kasallikni yashirin davrida aniqlab, unga javob choralarini koʻrishda hamkorlik qilish;
— hamkor shaharlar bilan infeksion kasalliklar toʻgʻrisida maʼlumot almashib, birgalikda amaliyot uchun barcha kuchlarni jamlash;
— infeksion kasallik tarqalganidan keyin hamkor shaharlarda insoniy-moddiy resurslarning qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlash;
— infeksion kasalliklarga qarshi kurashishda ixtisoslashtirilgan tizimni yaratish borasida hamkorlik qilish;
— infeksion kasalliklar sababli vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni yengish uchun erkin shaharlararo harakatlanish va iqtisodiy faolikka koʻmaklashish kabi vazifalarni birgalikda bajarishga sharoit yaratadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech