21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,2 °C

Mamlakatimizda
9 Sentyabr  2019 456

Poytaxtimizda O‘zsanoatqurilishbankning maxsus bo‘limi ochildi

Prezidentimiz tomonidan bank-moliya tizimini rasmiyatchilik bilan, yuzaki isloh qilish amaliyotiga chek qo‘yib, tizimni zamonaviy uslublar asosida ishlaydigan sohaga aylantirish vazifasi qo‘yilgan.

Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga ko‘ra bank faoliyatining ilg‘or xalqaro tajribasidan andoza olib, xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish, raqamli texnologiyalarga asoslangan masofaviy xizmat turlarini kengaytirish hamda amaldagi xizmatlarni soddalashtirish kabi muhim vazifalar belgilangan.

Ushbu topshiriqlar ijrosi doirasida O‘zsanoatqurilishbank mijozlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda sonini, shuningdek, qulayligini oshirishga alohida e'tibor qaratmoqda.

Bankning Mirzo Ulug‘bek filiali qoshida tashkil etilgan maxsus bo‘lim bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir amaliy ifodasidir.

O‘zbekistonda birinchi marta ish boshlayotgan ushbu yangi tuzilmada har bir mijozga individual ravishda xizmat ko‘rsatiladi. Bank tizimining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha mukammal bilim va ko‘nikmaga ega xodimlar mijozlar bilan kechayu kunduz aloqada bo‘ladi.

Bo‘limda jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan xizmatlar majmuasi maxsus xizmatlar paketi sifatida taklif etiladi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech