25 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,2 °C

Ijtimoiy hayot
1 Aprel  2019 517

Poytaxtda reabilitatsiya markazlari tashkil etilmoqda

Poytaxtimizning Bektemir-Mirobod-Yashnobod hamda Mirzo Ulug‘bek-Yunusobod tumanlararo reabilitatsiya markazlarining bo‘linmalari o‘z faoliyatini boshladi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

 

Ushbu markazlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi “Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilmoqda.

Markazlarni tashkil etishdan maqsad, zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish.

Endilikda xuddi shunday markazlar boshqa tumanlarda ham, Sergeli-Yakkasaroy tumanlararo bo‘linmasi, Shayxontohur-Olmazor tumanlararo bo‘linmasi, Uchtepa-Chilonzor tumanlararo bo‘linmasi tartibida ham joriy etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech