19 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28 °C

Mamlakatimizda
21 May  2019 423

Poytaxtda joriy yil oxiriga qadar 150 dan ortiq yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatiladi

Hozirda turistlarga yanada qulaylik yaratish, xorijiy va mahalliy turistlarning mo‘ljallagan manzillariga tez va oson yetib olishlarini ta'minlash maqsadida, xorijiy mehmonlar boradigan maskanlarda va avtomagistrallar bo‘yida o‘zbek va ingliz tillarida axborot beruvchi yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatilmoqda.

Toshkent shahar hokimligi,Madaniyat vazirligi qoshidagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish fondi, Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti hamkorligida Toshkent shahrida joylashgan 25 ta turizm tomosha ob'ektlariga olib boruvchi yo‘llar bo‘yida ingliz va o‘zbek tillarida yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi.
Joriy yilning oxiriga qadar 150 dan ortiq yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rnatish rejalashtirilgan, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech