24 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,5 °C

Mamlakatimizda
17 May  2019 329

Poytaxt maktablari faoliyati tanqid qilindi

Toshkent shahridagi 110-maktabda Xalq ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Umarov rahbarligida umumta'lim maktab direktorlarining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.

Tadbirda poytaxt maktablarining bugungi faoliyati, ta'lim sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar, kadrlarning sifat tarkibi, tuman xalq ta'limi bo‘limlaridagi fan metodistlarining faoliyati,“Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” tanlovi hamda fan olimpiadalarining shahar bosqichi natijalari tahlil etildi.

Shuningdek, yaratilgan imkoniyatlardan yetarli foydalanmaslik, qolaversa poytaxtdagi o‘quvchilar soni quvvatiga nisbatan kam bo‘lgan maktablarda o‘quv jarayonlarini tashkil etishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Bundan tashqari, Xalq ta'limi vazirining Huquqiy-nazorat xizmati tomonidan Uchtepa tuman xalq ta'limi bo‘limi va umumta'lim maktablari faoliyatini o‘rganish natijalari ham muhokama etildi. Faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va lavozim majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun Uchtepa tumanidagi 4-, 14-, 295-, va 109- sonli maktab direktorlari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, maktablar faoliyatini yetarli nazorat qilmaganligi, o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaraganligi, tashabbuskorlik yetishmasligi uchun Uchtepa tuman xalq ta'limi bo‘limi mudiri iste'foga chiqdi.

Yig‘ilishda Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi va tuman xalq ta'limi bo‘limlariga ko‘rilgan masalalar yuzasidan ishlarni kuchaytirishi va muntazam nazorat o‘rnatishi lozimligi hamda amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan rahbarlarning shaxsiy mas'uliyatini oshirishi lozimligi ta'kidlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech