10 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,7 °C

Xavfsizlik
3 Iyun  2020 347

Poyezd urib ketdi

Fargʻona viloyatida poyezd urib yuborishi natijasida 12 yoshli bola halok boʻldi.

30-may soat 11:45 larda Fargʻona viloyati IIB TXTBga Qoʻqon MTU navbatchisi tomonidan tashvishli xabar yetkazilgan.

Xabardan maʼlum boʻlishicha, shu kuni soat 11:40 larda “Andijon-Toshkent” yoʻnalishidagi yoʻlovchi poyezdi “Margʻilon-Oltiariq” temir yoʻl bekatlari oraligʻida harakatlanib ketayotgan vaqtida, ushbu toʻsiqda joylashgan piyodalar oʻtish yoʻlagidan velosipedda oʻtib ketmoqchi boʻlgan 12 yashar bolani, oʻz ehtiyotsizligi oqibatida urib yuborgan.

Bola tanasining turli joyidan tan jarohati olib Oltiariq tumani SHTTYOB ga olib ketilgan. Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan 2020-yil 2-iyun kuni shifoxonada vafot etdi.

Ushbu baxtsiz hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech