31 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,4 °C

Voqea-hodisalar
10 Yanvar  2020 5298

Toyib ketdi va... vafot etdi

Ryazan shahridagi qurilish mollari do‘konida hamyurtimiz halok bo‘ldi.

Yosh yigit (1995-yilda tug‘ilgan) Ryazandagi qurilish gipermarketlaridan biri yaqinida yuk mashinasiga yog‘och to‘sinlarni yuklayotgan edi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u toyib ketib, mashinadan yerga yiqilgan, yuk mashinasidan esa to‘sinlardan biri uning ustiga kelib tushgan. Olingan jarohat oqibatida yigit hodisa joyining o‘zida vafot etgan, deya xabar beradi REGNUM AA.

Ayni damda o‘lim fakti bo‘yicha tergovoldi tekshiruvi olib borilmoqda, deb xabar beradi Hududiy tergov qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech