19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,3 °C

Xavfsizlik
7 Fevral  2019 1535

Pora bilan qutilmoqchi edi bo‘lmadi

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumani IIB huzuridagi TB surishtiruv guruhi surishtiruvchisi S.D. tuman IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.

Uning ma’lum qilishicha, 4-fevral kuni “Shirinbuloq” YPX maskanida Xorazm viloyati Gurlan tumanida yashovchi G‘ayrat Xudoyberganov boshqaruvidagi “Isuzu”  yuk avtomashinasi  yukxonasidan Xorazm viloyati Gurlan tumani “Soxtiyon” MFYda yashovchi R.B.ga tegishli 150 qop ammiakli selitra mineral o‘g‘it mahsuloti borligi aniqlangan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borish jarayonida R.B. avtomashinani musodara qilmaslik va ishni uning foydasiga hal qilib berish evaziga xodimga pora sifatida 4 mln. so‘m pulni taklif etgan. Ichki ishlar vazirligi xavfsizlik boshqarmasi va prokuratura xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbir natijasida R.B. pora sifatida 3 mln. 819 ming so‘m pulni xodimning xizmat xonasida unga berayotgan vaqtda ushlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech