03 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,3 °C

Agrosеktor
29 Yanvar  2020 1724

Qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini tanlov orqali ajratish tajribadan o‘tkaziladi

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Jumladan, 2020-yil 1-oktyabrdan boshlab aholini don mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash va narxlar keskin o‘zgarishining oldini olish maqsadida intervension xaridlar tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda:

-  2021-yil hosilidan boshlab don uchun davlat buyurtmasi hajmlarini bosqichma-bosqich kamaytirish, shu jumladan, boshoqli don xarid qilish va sotishda erkin raqobatni ta'minlaydigan bozor mexanizmlarini;

-  oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash uchun davlat buyurtmasi tizimidan davlat zaxirasidan foydalanishga o‘tish bo‘yicha mexanizmni ishlab chiqish;

-  2020-yil 1-martdan paxta va boshoqli don yetishtirishda band bo‘lmagan maydonlarda tuproq-iqlim sharoitlari va bozor kon'yunkturasidan kelib chiqqan holda tumanlarni bosqichma-bosqich ixtisoslashtirish tizimi joriy etish nazarda tutilgan.

2020-yil 1-apreldan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyatining Qibray va Toshkent tumanlarida, Farg‘ona viloyatining Farg‘ona va Oltiariq tumanlarida hamda Qashqadaryo viloyatining Kitob va Nishon tumanlarida:

-  jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun shaffof va ochiq tanlov o‘tkazish orqali ajratish mexanizmi joriy etiladi;

-  jismoniy va yuridik shaxslarga keyinchalik tanlovga qo‘yish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish huquqini taqdim etgan holda maxsus geoportal orqali yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish huquqi beriladi;

-  qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish huquqining bozor qiymatini baholash hamda ulardan soliqqa tortishda foydalanish mexanizmi joriy etiladi.

-  yerdan foydalanish huquqi himoyasi va kafolatining pastligi investitsiya kiritilishiga to‘sqinlik qiladi, shuningdek tuproq unumdorligini oshirish qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga nisbatan «foydalanuvchilarning munosabati»ga olib keladi.

Tanlov o‘tkazilishi barcha manfaatdor shaxslarga yerdan foydalanish huquqini olishga teng yo‘l ochilishini ta'minlaydi. Bu ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirishga, ayni paytda davlat barcha sa'y-harakatlarini ekologiya standartlarini ta'minlashga yo‘naltirishiga imkoniyat yaratadi.

Yuqoridagilar bilan birga Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning vakolat va faoliyat yo‘nalishlari funksional baholash mezonlari asosida qayta ko‘rib chiqiladi.

2020-yil 1-mayga qadar yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda sohada davlat boshqaruvi tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha choralar amalga oshiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech