16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,6 °C

Mamlakatimizda
1 Aprel  2019 1365

Poytaxtimizda yana bir texnopark ish boshladi

Bugun Toshkent shahri Shayxontohur tumanida ko‘p tarmoqli «Oqlon» texnologiya parkining ochilish marosimi bo‘ldi.

 

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Shayxontohur tumanida bo‘sh turgan yer uchastkasidan 1,8 gektar “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning investitsiya kompaniyasi – “PSBCapital” MChJga ko‘p tarmoqli “Oqlon” texnologiya parkini tashkil etish uchun ajratib berildi.

Hozirda «Oqlon» texnoparki majmuasida qator yirik korxonalar o‘z ishlab chiqarish faoliyatini boshlash arafasida turibdi.

Ulardan biri turli xildagi koptoklarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Overbridge” korxonasidir. Jami qiymati 45,0 mlrd. so‘m bo‘lgan ushbu loyiha uchun tashabbuskor mablag‘laridan tashqari xorijiy investitsiyalar hamda bank kredit mablag‘lari ham jalb qilindi. 550 nafar ishchi doimiy ish bilan ta'minlandi. Korxona to‘la quvvatda ishga tushsa, yiliga 875,0 ming dona koptok ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

“Lider kosmetik”. Ushbu korxona texnoparkdagi katta yer maydoniga ega ishlab chiqarish ob'ektlaridan biridir. U yerda sanitar-gigienik mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Uni barpo etish, jihozlash va dastlabki xom ashyo bilan ta'minlash ishlariga 35,0 mlrd. so‘mlik mablag‘ yo‘naltirildi. Shundan 2,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Xitoy davlat taraqqiyot banki kredit liniyasi hisobidan Turkiyadan zamonaviy texnologik jihozlar keltirishga jalb qilindi. 260 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Yana shunday yirik loyihalardan biri 190 ta ish o‘rniga ega “Colmet engravo” korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu yerda yiliga 20,0 mlrd. so‘mlik rangli metallardan turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Buning uchun korxona Turkiya Eksimbanki kredit liniyasi hisobidan xorijdan keltirilgan eng so‘nggi rusumdagi uskunalar bilan jihozlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech