16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Transport
20 Avgust  2019 365

“Afrosiyob” tezyurar poezdlarining harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”AJ ma'muriyati, mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi hamda ko‘p sonli yo‘lovchilarning talab va istaklarini inobatga olib, “Toshkent-Samarqand-Toshkent” yo‘nalishidagi №764/763-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlarining harakat jadvaliga  o‘zgartirish kiritilganligini ma'lum qiladi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 2019-yil 26, 27, 28, 29- avgust hamda 2, 3-sentyabr kunlari №764/763-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlarining qo‘shimcha reyslari amalga oshiriladi. Ushbu sanalarda mazkur poezdlar soat 08:30 da Toshkent markaziy vokzalidan, soat 17:00 da esa Samarqand vokzalidan harakatlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech