12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,2 °C

Transport
25 Iyul  2019 965

“Tulpar-Tal'go” poezdining chiptalariga chegirmalar joriy qilinadi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ va “Qazaqstan temir joli” milliy kompaniyasi” AJga qarashli “Passajirskie perevozki” AJ rahbariyati ishtirokida o‘zaro chiptalar narxini pasaytirish masalasi bo‘yicha muzokara o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, 2019-yil 1-avgustdan boshlab “Qazaqstan temir joli” milliy kompaniyasi” AJ tomonidan №001/002 sonli Toshkent – Olmaota – Toshkent yo‘nalishidagi tezyurar “Tulpar-Tal'go” poezdining chiptalariga belgilangan tarif bahosiga qo‘shimcha chegirmalar berilishiga qaror qilindi. 

Xususan, mazkur yo‘nalishga poezd jo‘nashidan 0-5 kun oldin chipta xarid qilinsa SV hamda kupe turidagi vagonlarga – 25 foiz, o‘rindiqli vagonlarga – 15 foiz, qo‘shimcha yig‘imlarga – 53 foizli chegirma beriladi. 

Shuningdek, yaqin kunlarda №001/002 sonli tezyurar “Tulpar – Tal'go” poezdining chipta narxlarini pasaytirish masalasi yana qo‘shimcha ravishda ko‘rib chiqiladi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech