26 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,6 °C

Xavfsizlik
11 Yanvar  2020 582

Chet elga ishga joylashtirish haqidagi safsata

Ijtimoiy tarmoqlarda Shveytsariya va Avstriyaga ishga joylashishda ko‘maklashishni  va’da beruvchi “Rekrut Consulting work hususiy bandlik agentligi” MChJning xodimlari haqidagi fuqarolarning muojaatlari suratga olingan videotasvir tarqagandi. Ular xizmatlari uchun odamlardan pul olib, va’dalarining ustidan chiqmaganlar.

O‘tgan yili iyul oyida ushbu firmaga ikki nafar ayol murojaat qilishgan. 

- Ularning har birining qarindoshlarini 25 va 16 million so‘m pul evaziga chet elga ishga joylashtirishni va’da berishgan, — deb xabar beradi Toshkent shahar IIB axborot xizmati. — Shu bilan birga ularga kompaniya tomonidan tayyorlangan bir martalik maslahat xizmati ko‘rsatish haqidagi shartnoma imzo uchun taqdim etilgan. Aldangan ayollar shartnomani imzolab, MChJ hisob raqamiga belgilangan summani ham o‘tgazishgan.

Tergov davomida firmaga ulardan boshqa yana 22 kishi murojaat qilganligi va ularga ham xuddi shunaqangi shartnomalar taqdim etilganligi ma’lum bo‘lgan. Kompaniya hisob raqamiga tushgan pullar miqdori 445 million so‘mni tashkil qilgan. MChJ rahbarlari esa va'da qilingan vazifalarini ado etmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida sarflaganlar.

Ushbu fakt bo‘yicha shahar prokurori O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-modda, 4-qismiga (“Firibgarlik”)  asosan jinoiy ish qo‘zg‘agan.

2019-yil 23-dekabrda MChJ ofisida o‘tkazilgan tintuv jarayonida shartnomalar, sertifikat va muhrlar topilgan va daliliy ashyo sifatida musodara etilgan. 2019-yil 27-dekabr kuni firma hisob raqami bloklangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech