26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36,4 °C

Madaniyat
28 Yanvar  2019 1886

Luvr muzeyida bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmada O‘zbekiston ham qatnashadi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish Jamg‘armasining xabar berishicha, joriy yilning 31-yanvar kuni poytaxtimizdagi «Hyatt Regency» mehmonxonasining anjumanlar zalida muhim ahamiyatga molik tabdir bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda Luvr muzeyining islom madaniyati departamenti direktori Yanik Lins va Buxoroda faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston-Fransiya arxeologik missiyasi direktori Rokko Rantelar ishtirok etadi. Yig‘ilishda Luvr muzeyida namoyishga qo‘yiladigan eksponatlarni sug‘urtalash, maxsus qutilarga joylashtirish va transport orqali yetkazish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi.

Jamg‘arma 2021-yilda Luvr muzeyida «Buyuk Ipak yo‘lidagi tamaddun va madaniyatlar» nomi ostida bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazma ishlariga tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan I Xalqaro konferensiya tashkilotchisiga aylandi.

Xabarda aytilishicha, yaqin orada Toshkentga Fransiya muzeylari restavratsiyasi va tadqiqotlari Markazi ekspertlari Mishel Menyu va Vinsent Detallarning tashrifi kutilmoqda. Detal muzey eksponatlari restavratsiyasi sohasida uzoq yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassisdir.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech