17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,4 °C

Mamlakatimizda
11 Fevral  2019 7537

Ixtirochilarimizni qo‘llab-quvvatlaylik!

Ozbekistonlik ixtirochilar taklif etgan loyiha xalqaro tanlovning yarim finaliga chiqdi.

AQSh davlat departamenti rahbarligida Amerika ilm-fanni rivojlantirish uyushmasi (AAAS) tomonidan tashkillashtiriladigan GIST Tech-I innovatsiyaon g‘oya va texnologiyalar tanlovi 2011 yildan beri har yili o‘tkaziladi va unda rivojlanayotgan mamlakatlar ixtirochilari qatnashadilar.

Tanlovga to‘rtta tematik: qishloq xo‘jaligi, energetika, sog‘liqni saqlash va axborot-kommunikatsiyalar sohalari bo‘yicha arizalar qabul qilinadi. 2019-yilgi finalda ishtirok etish uchun  dunyoning 86 davlatidan 500 tadan ziyod arizalar tushgan. AAAS ekspertlar guruhi tomonidan 80 ta eng yaxshi loyiha tanlab olingan.

Tanlab olingan loyihalar orasida o‘zbekistonlik ixtirochilarning qayta tiklanuvchi energiya – erkin oquvchi kichik GESlar loyihasi ham bor. Turli kasbdagi mutaxassislar jamoasini atrofiga to‘plagan German Treshalov loyihaga rahbarlik qilmoqda.

Tanlov finaliga 30-yanvardan 1-martga qadar internet ovoz berishda eng ko‘p quvvatlashni to‘plagan 24 ta nomzod o‘tadi. Bunda tashkilotning http://www.gistnetwork.org sayti orqali tanlovni amalga oshirish, http://www.gistnetwork.org/content/vote onlayn-ovoz berish sahifasidagi o‘zingizga yoqqan loyiha videoroligi ostidagi tugmachani bosish mumkin.

Tanlovning bu yilga mukofot jamg‘armasi 230 ming dollarni tashkil etadi. Final esa joriy yilda Bahraynda, Tabdirkorlarning butunjahon kongressida bo‘lib o‘tadi.

O‘z axborotimiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech