25 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,2 °C

Xavfsizlik
8 Aprel  2019 450

Pochta jo‘natmalari orqali yuborilgan psixotrop moddalar fosh etildi

Xalqaro pochta Konvensiyasiga asosan, pochta jo‘natmalari orqali psixotrop va narkotik vositalarning yuborilishi qat'iyan taqiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni pochta jo‘natmalarida, shu jumladan xalqaro pochta jo‘natmalarida jo‘natish taqiqlanishi ko‘rsatib o‘tilgan.

 

Ammo shunga qaramay, pochta jo‘natmalari orqali qonunga xilof ravishda tarkibida psixotrop  moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini jo‘natish holatlari uchrab turibdi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining  “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari shu turdagi qonunbuzarliklarni fosh qilishdi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.

Jumladan,  fuqaro Yu. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo‘natmasi bojxona nazoratidan o‘tkazilganda  bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 4 turdagi 370 dona psixotrop dori vositalari hamda 2 turdagi  108 dona dori vositalari borligi aniqlandi.

Shuningdek xorijdan olti fuqaro nomiga yuborilgan pochta jo‘natmalarida ham 160 dona “Brotizolam TeVA”, 150 dona “Alprozolam”,   96 dona “Rokatset plyus”, 39 dona “Lorivan” nomli tarkibida psixotrop moddasi bo‘lgan dori vositalari  borligi ma'lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha bojxona tekshiruv xarakatlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech