24 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,3 °C

Transport
17 Iyun  2019 3024

Toshkent – Angren – Toshkent yo‘nalishida elektropoezd yo‘lga qo‘yildi

Joriy yilning 12-iyunidan boshlab “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Toshkent – Angren – Toshkent yo‘nalishida shaharlararo elektropoezdi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qiladi jamiyat matbuot xizmati.

Poezdlar harakati jadvaliga asosan mazkur poezd har kuni “Toshkent-Janubiy” temir yo‘l vokzalidan soat 18:30da va “Angren” temir yo‘l vokzalidan 07:09da jo‘naydi. 

Poezdning yo‘ldagi harakatlanish vaqti 2 soat bo‘lib, “To‘ytepa”, “Ozodlik”, “Ohangaron” hamda “Ablik” bekatlarida to‘xtab o‘tadi. Yo‘l kira narxi – 5000 so‘m. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech