10 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33 °C

Tashvishli xabar
19 Fevral  2020 1597

Milliy gvardiya xodimiga pichoq bilan tan jarohati yetkazildi

14-fevral kuni soat 23-00 da Shayhontoxur  tumani IIB navbatchilik qismiga «Shodlik» mahallasidagi xonadonlarning birida janjal chiqqanligi haqidagi xabar keldi.

Voqyea joyiga zudlik bilan PPX va Milliy gvardiya xodimlari yetib keldilar. Ular qo‘lida pichoq ushlagan, o‘zi esa alkogol ichimligi ta’siri ostida sarhush holdagi shaxsni tinchlantirmoqchi bo‘lganida, ushbu fuqaro Milliy gvardiya xodimiga pichoq bilan tan jarohati yetkazdi.

Huquq tartibot idoralari xodimlari vaziyatga aniqlik kiritish, hamda sodir etilgan holatga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida xodimga pichoq urgan 25 yoshli Botirjon Abdulazizovni qo‘lga olib Shayxontoxur tumani 8-sonli IIB FMBga yetkazdilar.

Ma’lum bo‘lishicha, Botirjon Abdulazizov muqaddam sudlangan ekan, deb xabar beradi Toshkent shahar IIB matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech