05 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -2,2 °C

Xalqaro hamkorlik
16 Iyul  2020 875

“Markaziy Osiyo – Xitoy” tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvi

2020-yil 16 iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov videokonferensiya shaklida “Markaziy Osiyo – Xitoy” birinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi.

Tadbirda, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Van I, Qirgʻiziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov qatnashdi.

Koronavirus infeksiyasining oldini olish, tarqalishini oldindan baholash va cheklash, unga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari, Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy iqtisodi va sanoat quvvatlarining barqaror oʻsishini taʼminlash mexanizmlari muhokama qilindi.

Transchegaraviy xarakterdagi epidemiologik tahdidlarga qarshi kurashish boʻyicha amaliy choralarning samaradorligini oshirish maqsadida mazkur videokonferensiya ishtirokchi-mamlakatlarining tibbiyot mutaxassislari soha idoralari oʻrtasida muntazam hamkorlikni oʻrnatishning zarurligi qayd etildi.

Hozirgi sharoitda oʻzaro savdoni qoʻllab-quvvatlash va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, iqtisodiyotni raqamlashtirish suratlarini jadallashtirish hamda transport-tranzit yoʻllarining diversifikatsiyalashgan tizimini shakllantirish uchun saʼy-harakatlarni birlashtirishning dolzarbligi taʼkidlandi.

Oʻzbekiston tomoni yuqorida aytib oʻtilgan hamkorlik sohalarini oʻz ichiga oluvchi Pandemiya va uning oqibatlariga qarshi kurashish boʻyicha kompleks dasturni birgalikda ishlab chiqishni taklif qildi.

Abdulaziz Kamilov ishtirokchilar eʼtiborini barqarorlikni mustahkamlash hamda Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy xalqlari farovonligini oshirish uchun aniq innovatsion, infratuzilma, transport-kommunikatsiya va energetika loyihalarini amalga oshirishning muhimligiga qaratdi.

Muzokaralarda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, jumladan Afgʻonistonning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini qayta tiklash masalalari boʻyicha ham fikr almashildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech