01 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,1 °C

Biznes
15 Yanvar  2020 1047

Savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari

Investitsiya va tashqi savdo vazirligida xalqaro investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlikni, shuningdek, xorijiy investorlar va potensial savdo hamkorlari bilan ishlashning yangi mexanizmlarini muhokama qilish uchun videokonferensiya o‘tkazildi.

Portal pv.uz/«Pravda Vostoka»/15-yanvar. Uchrashuvda AQSh, Germaniya, Belgiya, Fransiya, Singapur, Janubiy Koreya hamda Malayziyadagi xorijiy hamkorlar bilan shartnomalar va qo‘shma tashabbuslarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.

Vazirlik vakillarining xorijdagi vazifasi nafaqat joriy loyihalarni monitoring qilish va ularni tatbiq etishni qo‘llab-quvvatlashdan, balki xorijiy sheriklar bilan O‘zbekistonga investitsiyani olib kirishni oshirish va tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan ichki mahsulotlarni eksport qilishni ko‘paytirish bo‘yicha iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini izlashdan ham iborat ekani alohida ta’kidlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech