20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34 °C

Mamlakatimizda
26 Fevral  2019 2184

«Gazprombank» AJ O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishni ko‘rib chiqmoqda

Rossiyaning yirik banklaridan biri investitsiyaviy hamda moliyaviy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qilish va ko‘rib chiqish uchun biznes-missiya bilan mamlakatimizga tashrif buyurdi.

 

«Gazprombank» AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Aleksey Matveyev va Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqovlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Aleksey Matveyev Prezident farmoni bilan vazirlik huzurida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi «Gazprombank» AJning O‘zbekiston hududida loyihaviy faoliyatini yangi darajaga ko‘tarishi mumkinligini, bankning esa muqobil formatdagi Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RTTIF) bilan omadli hamkorlik tajribasiga egaligini ta’kidladi.

Hamkorlik doirasida investitsion loyihalarni tayyorlashda (biznes-rejalar ishlab chiqish, marketing tadqiqotlari o‘tkazish, texnik-iqtisodiy asosnoma (TIA) va boshqa yo‘nalishlarda) konsalting xizmatlari ko‘rsatadigan hamkorlikdagi kompaniya barpo etish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklif etildi.

Rossiya moliyaviy muassasasi tajribasidan bank uchun qabul qilsa bo‘ladigan to‘lov tavakkalchiliklari bo‘yicha eksport kontragent foydasiga amalga oshiriladigan eksportoldi moliyalashtirilishining barqaror tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha vazirlik bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda foydalanilishi mumkin.

Uchrashuv yakunida ikkiyoqlama foydali hamkorlikning keng spektrlari belgilanib, kelgusi hamkorlikdagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari kelishib olindi.

O‘z axborotimiz.

Investitsiya va tashqi savo vazirligi PR-markazi surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech