19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10 °C

Kеyingi avlod
17 Yanvar  2019 2392

Xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilish tartibi qayta ko‘rib chiqildi

Davlatimiz rahbarining 16-yanvardagi qarori bilan diplomini nostrifikatsiya qilishda maxsus sinovlardan o‘tkazilmaydigan kishilar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqildi.

2019 yilning 1 martidan xorijiy davlatlarda olingan ma'lumoti haqidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish tartibi kuchga kiradi.

Rasmiylashtirish esa Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimi ham joriy etiladi. U Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi yoki lavozimidan ozod etiladi. U maqomi, tibbiy sharoit va transport ta'minoti bo‘yicha vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Ўз ахборотимиз.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech