22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent 0 °C

Turizm
17 Oktyabr  2019 704

Singapurga bormoqchimisiz, oldin ma'lumotlaringizni jo‘nating

O‘zbekistonning Singapur Respublikasidagi Elchixonasi mazkur mamlakat TIVga tayangan holda ma'lum qiladiki, Singapur Immigratsiya va nazorat-o‘tish punktlari xizmati 2019-yil 14-avgustdan boshlab Singapurga kirishni qayd etish (SG Arrival Card) elektron xizmatining tajriba versiyasini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma'lum qiladi.

Mazkur dastur Singapurga kelayotgan shaxslar tomonidan mamlakatga kelishlaridan avval o‘zlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim qilishlari bilan bog‘liq jarayonni tezlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Dastur bosqichma-bosqich 2021-yilgacha amaldagi hujjatlarni qog‘oz shaklida to‘ldirish tizimi o‘rnini egallaydi.

Singapurga borishni rejalashtirayotgan chet el fuqarolari barcha mavjud elektron platformalar orqali mamlakatga kelishlaridan oldin 14 kun ichida zarur shaklni to‘ldirishlari mumkin. Dastur xizmatlaridan foydalanish tekin, ammo viza tizimi o‘rnatilgan davlatalarning fuqarolari uchun viza olish bilan bog‘liq jarayonni bekor qilmaydi.

Hozirda mazkur qulaylikdan Singapurga faqatgina havo transporti vositasida keluvchi shaxslar foydalanishlari mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech