18 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,7 °C

Mamlakatimizda
1 Aprel  2019 528

Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktoriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Hukumat qaroriga muvofiq Medet Abdimuratovich Tleuov Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

M.Tleuov 1973-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy.

Moliya vazirligi tizimidagi mehnat faoliyatini 2004 yilda Nukus shaxri moliya bo‘limi hisobchi eksperti lavozimidan boshlagan.

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining birinchi  o‘rinbosari lavozimiga tayinlanguniga qadar M. Tleuov Moliya vazirligi G‘aznachiligi boshlig‘i o‘rinbosari – Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolarning davlat pensiya ta'minotini tashkil etish, fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni tayinlash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarining qayta hisoblab chiqilishini ta'minlash mazkur Jamg‘armaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech