22 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,2 °C

Xavfsizlik
3 Aprel  2019 381

Paypoq orasiga yashirilgan giyohvand modda fosh etildi

Giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasi va oldi-sotdisi jamiyat uchun xavfli bo‘lgan ko‘plab illatlarga doyalik qiladi. Davlat bojxona xizmati organlari tomonidan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi chora-tadbirlar muntazam davom ettirilmoqda.

Yaqinda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari giyohvand moddalarning noqonuniy olib chiqilishiga doir bojxona qonunbuzilishini fosh etishdi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.

Samarqand xalqaro aeroportida Moskvaga parvozi oldidan fuqaro A.D. bojxona nazoratidan “yashil” yo‘lak orqali o‘tar ekan, uning bezovtalanishi bojxonachilarni shubhalantiradi.

Ushbu shaxs xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, o‘ng oyog‘idagi paypog‘iga 1 dona polietilen o‘ram yashirilgani fosh bo‘ldi. Ushbu o‘ram ochib ko‘rilganida esa, uning ichida 0,32 gramm og‘irlikda narkotik modda borligi aniqlandi. Ekspertlar ushbu modda “gashish” ekanligini tasdiqlashdi.

Bu kabi holat Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postida ham fosh qilingan.

Mazkur post orqali piyoda ravishda yurtimizga kirib kelayotgan qo‘shni davlat fuqarosi M.A.ning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, sumka ichidagi shaxsiy kiyimlari orasida 1 dona polietilen o‘ram borligi aniqlandi.

Ushbu o‘ram ham xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida, mazkur shaxs  0,33 gramm og‘irlikdagi “gashish” giyohvandlik vositasini yashirincha olib kirmoqchi bo‘lganligi fosh bo‘ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech