12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,2 °C

Energetika
7 Noyabr  2019 336

Paxta neft bazasida kamomad aniqlandi

“O‘zneftgazinspeksiya” aksiyadorlik jamiyat tomonidan neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, tarqatish, kirim-chiqish hisobining yuritilishi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishda jami 2,7 mlrd. so‘mlik manbaalar aniqlandi, deb xabar qiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

 

Jumladan: Neft mahsulotlari sig‘imlaridagi mahsulotning haqiqiy qoldig‘i bilan hisobxona qoldig‘i taqqoslanganda jami 300 mln. so‘mlik 32 tonna kamomad hamda 476 ming so‘mlik 83 kilogram tonna ortiqchalik mavjudligi aniqlandi.

Shuningdek, o‘rganish davrida 2019-yil 25-martidan – 10-oktyabrga qadar iste'molchilarga yetkazib berilgan neft mahsulotlarini avtotarozi orqali xaridor haqidan urib qolish hisobiga 1 mlrd 614 mln so‘mlik 222,5 tonna neft mahsulotlari o‘zlashtirilgan. (Mahsulot qiymati 2019-yil 10-oktyabr holatiga bo‘lgan o‘rtacha birja katirovka narxida hisoblangan). 

Bundan tashqari, jamiyatdagi 26-sig‘imda saqlanayotgan 111 468 kg miqdordagi moyining sifati GOST 8581-78 talabiga muvofiq emasligi ya'ni mahsulot sifatsizligi aniqlandi. (Mahsulot qiymati 2019-yil 7-11-oktyabr holatiga bo‘lgan o‘rtacha birja katirovka narxi bo‘yicha 828,8 mln so‘mni tashkil qiladi).  

Xozirgi paytda tekshiruv davom etmoqda. Tergov tadbirlari natijasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech