20 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,5 °C

Agrosеktor
23 Iyun  2020 1210

Paxta kooperatsiyalarda qayta ishlanadi

2020-yil 22-iyunda Hukumatning 398-sonli “Paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlash kooperatsiyalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq, kooperatsiyalarni tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyishning quyidagi tartibi joriy etiladi:

- Qishloq xoʻjaligi vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda paxta tozalash korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatida foydalanilmayotgan boʻsh yer maydonlarini mahalliy davlat hokimiyati organlarining zaxirasiga oʻtkazilishini taʼminlaydi;

- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimlari kooperatsiyalar va paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarini urugʻlik, mineral oʻgʻitlar, yonilgʻi-moylash mahsulotlari hamda boshqa moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi;

- Kooperatsiyalar paxtani qabul qilib olish, saralash, saqlash, qayta ishlash va tayyor mahsulotni eksport qilish boʻyicha samarali ish yuritish tizimini joriy qiladi.

Tegishli Hukumat qarorlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlariga belgilangan imtiyozlar kooperatsiyalar uchun ham tatbiq etiladi.

Kooperatsiyalarga paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkil etilmagan hududlardagi paxta tozalash korxonalari ixtiyoriy ravishda aʼzo boʻladi.

Kooperatsiyalar aʼzolari tomonidan yetishtirilgan paxtani paxta tozalash korxonalari tomonidan qabul qilish, saqlash va qayta ishlash xizmati (tegirmon usulida) koʻrsatiladi.

Qaror bilan shuningdek, Fermer xoʻjaliklarining ixtiyoriy birlashishi asosida paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlash kooperatsiyalari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech