21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21 °C

Salomatlik
11 Noyabr  2018 1700

Аllergiyangiz bormi? Unda sizga pasport kerak ekan...

Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tashkil etildi.

Bu Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ham nazarda tutilgan. Muassasa shunday kasalliklarni davolash va oldini olish, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda (masalan, ultrazamonaviy biologik mikrochiplar yordamida) ularni tashxislash bilan shug‘ullanadi. Mijozlarning xastaliklari va qo‘zg‘atuvchilar haqidagi ma’lumotlar kiritilgan allergik pasportlarni yaratish va hayotga tatbiq etish mo‘ljallanmoqda. Kelgusida allergen o‘simliklar changlarini monitoring qilish va changlanishi boshlanishini prognozlash, o‘simliklar olamining bunday turlari gullashi taqvimini shakllantirgan holda aholini ogoh etish ham rejalashtirilgan.

Oziq-ovqat sanoatida ham asta-sekin mahsulotlarga tez reaksiya berishi xavfi haqidagi jahon standartlariga mos markalar qo‘yishga o‘tiladi. Markaz shuningdek, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda tadqiqotlar o‘tkazadi, shifokorlar malakasini oshirish va uslubiy adabiyotlarni ko‘paytirish dasturlarini tayyorlaydi.

Mazkur tuzilmani xalqaro kuzatuv kengashi boshqaradi, unga Respublika ilmiy-ixtisoslashgan allergologiya markazi, Fanlar Akademiyasining Odam immunologiyasi va genomikasi instituti va boshqa ITIlar yordam beradi. Markaz poytaxtimizning Olmazor tumanida qurilayotgan Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida joylashadi.

Dmitriy Kolesov.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech