26 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,4 °C

Agrosеktor
25 Aprel  2019 668

Parrandachilikni rivojlantirishda Janubiy Koreya kompaniyalari bilan hamkorlik qilinmoqda

“Parrandasanoat” uyushmasi tomonidan Janubiy Koreyaning “Detox King Co. Ltd.” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Antibiotiklarning o‘rnini bosuvchi yuqori funksional mineral ozuqa qo‘shimchalari” hamda “Parranda yetishtirishda ilg‘or texnologiyalar” mavzularida amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda tomonlar respublikamizda parrandachilikni rivojlantirish maqsadida yaratilgan qulay sharoitlar, ishlab chiqilgan dasturlar ahamiyati, investorlar uchun ko‘zda tutilgan imtiyozlar xususida fikr yuritdi.

Muhokamalar chog‘ida mahalliy tadbirkorlar koreyalik mutaxassislar bilan sifatli parranda mahsulotlarini ishlab chiqarishda antibiotiklarning o‘rnini bosuvchi yuqori funksional mineral ozuqa qo‘shimchalar, parrandachilik mahsulotlarining biologik va ekologik xavfsizligini ta'minlash, parranda yetishtirishda ilg‘or texnologiyalar kabi mavzularda tajriba almashishdi.

Ta'kidlash joiz, yurtimizda raqobatbardosh parranda mahsulotlarini ishlab chiqarish, iste'mol bozorini barqaror va maqbul narxlarda ana shunday oziq-ovqat turi bilan ta'minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, tarmoq korxonalari uchun qator imtiyozlar taqdim etildi, mas'ul tashkilot va muassasalar faoliyatida samarali mexanizm yaratildi.

Xususan, davlatimiz rahbarining qaroriga asosan  parrandachilik korxonalari uchun 2021-yil 1-noyabrga qadar import qilinayotgan ozuqa komponentlari, asbob-uskunalar va jihozlar bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan. Bundan tashqari, hujjatda ishlab chiqarishning munosib amaliyoti (GMP – Good Manufacturing Practice) sertifikatlariga ega bo‘lgan parrandalar uchun chet el vaksina va biopreparatlari qo‘shimcha muvofiqlik sertifikatlarisiz tan olinishi belgilab qo‘yilgan.

Seminarda xorijiy mutaxassislar sohani rivojlantirish yo‘lidagi ana shu jihatlarni ham yuqori baholadi. Bunday imkoniyatlardan samarali foydalanib, o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini olib borishga kelishib oldilar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech