29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,3 °C

Dolzarb
16 May  2020 318

Pandemiya tugamadi

Dunyo mamlakatlari koronavirusga qarshi oʻz sharoitidan kelib chiqib munosabat bildiryapti.

«Pandemiya tugamadi»: JSST Yevropada hukumatlarni ikkinchi toʻlqin ehtimoliga tayyorlanishga chaqirmoqda. YEI mamlakatlari izolyatsiya tadbirlarini yengillashtirayotgan boʻlsa-da, hozir “bayram qilish emas, ayni hushyorlik va tayyorlanish vaqti”, deb xabar beradi The Telegraph axborot manbai.

Rossiya Federatsiyasida agar siz boshqa odamlar bilan bitta oʻramdagi yoki idishdan tanovul qilsangiz, COVID-19 dan zararlanish xavfi yuqori ekanini maʼlum qilishdi. Shuning uchun ham har qanday jism yuzasiga, shuningdek, jamoat joylardagi buyumlarga qoʻl tekkizishdan maksimal darajada saqlanish kerak, deb ogohlantiradi RIA Novosti.

Guardian axborot manbai tarqatgan xabarga koʻra, AQSH vakillar palatasi juma kuni koronavirusga qarshi kurash uchun qoʻshimcha moliyaviy yordam koʻrsatish va pandemiyani toʻxtatish chora-tadbirlari sabab zaiflashgan iqtisodiyotni kuchaytirish maqsadida 3 trillion dollar ajratish boʻyicha qonun loyihasini tasdiqlagan.

Turkiyaning 15 viloyatida komendantlik soati kuchga kirdi va u 19-mayga qadar davom etadi. Shuningdek, yaqin dam olish kunlarida Turkiyada klinikalar, dorixonalar, konditerlik va jamiyat uchun muhim boʻlgan boshqa korxonalar ishga tushadi, deb xabar beradi Daily Sabah.

Ozarbayjonda karantin rejimi yengillashtiriladi, SMS ruxsatnomalar bekor qilinadi, kafe, restoran, bogʻ, dam olish markazlari faoliyati tiklanadi, deb xabar beradi Vesti.az axborot manbai.

El Pais axborot manbasida xabar berishicha, Ispaniya hukumati Madrid va Barselonada komendantlik soatini yana bir haftaga uzaytirdi. Biroq bu Toledo, Valensiya, Grenada va Malaga kabi boshqa Ispaniya shaharlarida 18-maydan kuchga kiradigan karantin tadbirlarini yengillashtirishga taʼsir koʻrsatmaydi.

Italiyada 3-iyundan boshlab mamlakatga kirish va chiqishga ruxsat beriladi. Hukumat, shuningdek, shu kundan boshlab mamlakat ichida erkin harakatlanishga ham ruxsat beradi, deb xabar beradi Reuters.

New York Timesning xabar berishicha, Avstriya hukumati asta-sekin teatr va kinoteatrlarni ochishni rejalashtirmoqda. Ikki haftadan soʻng mamlakatda 100 nafar tomoshabingacha, 1-avgustdan esa 1 000 kishigacha boʻlgan madaniy tadbirlarni oʻtkazishga ruxsat beriladi.

Braziliyada koronavirusdan vafot etish boʻyicha eng yuqori kunlik koʻrsatkich qayd etildi. Mamlakat eng koʻp oʻlim Lotin Amerikasida kuzatilganini va qurbonlar soni boʻyicha dunyoda oltinchi oʻrinda ekanligini maʼlum qildi. Shu kunlarda bir oy ichida ikkinchi sogʻliqni saqlash vaziri isteʼfoga chiqdi, deb xabar beradi BBC.

Argentina olimlari koronavirusga test ishlab chiqishdi, deb xabar beradi RIA Novosti. Test natijasi ikki soatdan kamroq vaqtda aniq boʻladi ekan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech