04 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,9 °C

Sport
7 May  2020 1620

Pandemiya to‘siq bo‘la olmadi

Pumse yo‘nalishi bo‘yicha birinchi onlayn O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

4-5-may kunlari taekvondoning pumse yo‘ynalishi bo‘ycha onlayn O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ilk bor o‘tkazilgan onlayn chempionatda Respublikamizning har bir viloyatidan o‘smirlardan bir o‘g‘il va bir qiz, kattalar toifasida ham xuddi shunchadan sportchi ishtirok etdi.

Musobaqani O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi bosh hakami Dmitriy Kim va assotsiatsiya viloyat federatsiyalari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis Husniddin Xodjamqulov tomonidan kuzatib borildi.

 Musobaqa natijasi bo‘yicha o‘smir qizlar o‘rtasida, o‘smirlar o‘g‘il bolalar o‘rtasida, kattalar o‘rtasida (ayollar va erkaklar) sovrindorlar aniqlandi. Bunda o‘smir qizlar o‘rtasida Toshkent shahri, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari, o‘smir o‘g‘il bolalar o‘rtasida Farg‘ona, Namangan va Qashqadaryo viloyalarti, katta yoshdagi ayollar o‘rtasida Toshkent, Namangan va Qashqadaryo viloyatlari, katta yoshdagi erkaklar o‘rtasida esa Toshkent shahri, Toshkent va Jizzax viloyati vakillari  yaxshi natijalarga erishgani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi tomonidan yaqin vaqt ichida ham Pumse bo‘yicha onlayn musobaqalar o‘tkazish rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech