05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,5 °C

Xalqaro hamkorlik
19 May  2020 408

Pandemiya taʼsirini yumshatish maqsadida

 Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Direktorlar kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga 375 million dollar ekvivalentidagi imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilishini maʼqulladi.

 

2020-yil 18-mayda Xalqaro valyuta jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda – XVJ) Direktorlar kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga Koronavirus pandemiyasining mamlakat iqtisodiyotiga salbiy taʼsirlarini yumshatish maqsadida 375 million dollar ekvivalentidagi imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilishi maʼqullandi.

Maʼlumot uchun: Imtiyozli kreditlar oʻz ichiga 10 yillik muddat bilan (5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda) 125 million dollarga teng foizsiz tezkor kreditlash liniyasi (Rapid Credit Facility) va 5 yillik muddat bilan (3 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda) foiz stavkasi yillik 1,05 foizga teng boʻlgan 250 million dollar miqdoridagi tezkor moliyalashtirish instrumentini (Rapid Financing Instrument) oladi.

Mazkur mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasiga koronavirus pandemiyasi va global inqirozning salbiy taʼsirini yumshatish choralarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.

Anʼanaga koʻra, XVJ qarzlarni taqdim etish jarayonida davlat qarziga xizmat koʻrsatish xatarlarini hamda mamlakatdagi makroiqtisodiy holatni tahlil qiladi. XVJ tomonidan eʼlon qilingan hisobotga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha yuqori salohiyatni saqlab qolmoqda. XVJ hisobotida soʻnggi 3 yilda respublikada olib borilayotgan islohotlar boʻyicha yutuqlari alohida taʼkidlangan, deb xabar beradi Moliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech