11 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,3 °C

Dolzarb
6 Iyul  2020 375

Pandemiya hali chekinmoqchi emas

NBC News tarqatgan xabarga koʻra, JSST koronavirus infeksiyasini yuqtirishning eng yuqori darajasini maʼlum qilgan, oʻtgan 24 soat ichida 183 000 dan ortiq yangi holatlar qayd etilgan.

Germaniyaning Gyottingen shahrida koronavirus sababli karantinga olingan koʻp qavatli binoda yashovchi fuqarolar bilan boʻlib oʻtgan toʻqnashuvda bir nechta politsiya xodimlari jabrlandi, deb xabar beradi Guardian.

Germaniyada koronavirus infeksiyasi qayta avj olgani sababvirus koʻpayishi koʻrsatkichlari oshib ketdi. Taxminlarga koʻra, 10 nafar virus tashuvchi qariyb 29 nafar sogʻlom odamga infeksiya yuqtirish xavfi yuzaga kelmoqda, deb xabar beradi DW.

Dubay 7-iyuldan sayyohlar tashrifiga ruxsat beradi, deb xabar beradi CNN. Yoʻlovchilar aeroportda koronavirus infeksiyasi uchun test topshiradi, infeksiya aniqlangan holatda, ular 14 kunlik karantinga olinadi.

Arab news tarqatgan xabarga koʻra, Saudiya Arabistoni koronavirus pandemiyasi va neft narxining pasayishi holatlari boʻyicha iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish rejalari uchun 4 milliard dollarlik dastlabki sarmoyaga ega Turizmni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Dehli hukumati shifoxonalarda joy yetishmasligi sababli, COVID-19 ning yengil va moʻtadil belgilari boʻlgan bemorlar uchun 25 ta mehmonxonani favqulodda holat markazlariga aylantirishga qaror qildi. Mehmonxona xodimlari bemorlarga zarur hollarda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiy muolaja kurslarida oʻqitiladi, deb xabar beradi Guardian.

Global Times axborot manbasi xabar berishicha, koronavirusning takroran avj olishi fonida, Pekinda aholi orasida ommaviy test sinovlari oʻtkazilyapti, soʻnggi ikki hafta ichida 2 milliondan ziyod kishi sinovdan oʻtkazilgan.

Isroil hukumati fuqarolarni agar niqob taqish va masofani saqlash talablariga rioya etilmasa, karantin cheklovlarini qayta qoʻllash haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi DW.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech