03 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,8 °C

Ijtimoiy hayot
30 Iyun  2020 160

Pandemiya davrida ham mehnat migratsiyasi davom etyapti

33 nafar fuqaro ishlash uchun Qozogʻiston Respublikasiga joʻnab ketdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Qozogʻiston Respublikasi ish beruvchilari oʻrtasida pandemiya davrida Oʻzbekiston fuqarolarini xorijda ish bilan taʼminlashga kelishilgan.

Unda, xususan, Qozogʻistonning turli hududlarida mingdan ortiq boʻsh ish oʻrinlari taklif etilib, ularga Oʻzbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish boʻyicha kelishuvga erishilgan edi.

Ushbu kelishuvga muvofiq, ishchilarning birinchi guruhi — 33 nafar fuqaro 29-iyunda “Gʻisht Koʻprik – Jibek Joli” chegara posti orqali yirik qurilish obyektlarida belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda ishlash uchun Qozogʻiston Respublikasining Sharqiy Qozogʻiston viloyatiga tashkillashtirilgan holda joʻnab ketdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Qozogʻiston Respublikasiga ishga ketayotgan fuqarolarga xorijda ishlash davrida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan vaqtda huquqiy yordam koʻrsatishga yoʻnaltirilgan tarqatma materiallar tarqatildi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech