23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,8 °C

Moliya
14 Mart  2019 1952

“O‘zsanoatqurilishbank” yanada qulaylik va yangi bank xizmatlarini taqdim etadi

Bugun Milliy matbuot markazida “Raqamli bank: “O‘zsanoatqurilishbank”da ushbu tizimning dastlabki bosqichlari” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

 

Ta'kidlanishicha, 2018-yilda Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) bilan hamkorlikda bankni transformatsiya qilish ishlari boshlab yuborilgan. Tahlil natijalari asosida biznesning eng muhim 12 yo‘nalishini qamrab olgan bankni transformatsiya qilish dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosiy yo‘nalishlaridan biri raqamli bank xizmatlarini joriy qilish hisoblanadi.

Bank tomonidan mijozlarga qulaylik yaratish, ularga eng so‘ngi texnologiyalar yordamida masofaviy, tezkor bank xizmatlarini ko‘rsatish borasida davomli ishlar olib borilayotganligi aytildi.

Jumladan, O‘zbekistonda birinchi bo‘lib yuridik shaxs maqomidagi mijozlariga 24/7 rejimida ishlovchi onlayn bank xizmatlari taqdim etildi. Eng zamonaviy texnologik yechimlarga asoslangan mazkur xizmatlar bilan bank o‘z mijozlariga hisob raqamlarini haftaning 7 kuni, sutkaning 24 soati mobaynida uzluksiz tasarruf qilish imkonini beradi.

Mijozlarga masofadan xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan barcha dasturlar (“UzPSB Mobile”, “Mening bankim”, “Shaxsiy kabinet”, “Korporativ internet banking”, “UzPSB Mobile Business”, “SMS Banking”) joriy qilinayotgan yangi xizmatlarga moslashtirilgan holda takomillashtirilmoqda. Jismoniy shaxs maqomidagi mijozlar uchun yaratilgan «UzPSB mobile» mobil ilovasining veb talqini – «Mening bankim» ishga tushirildi.

Bank tomonidan yurtimizda ilk marta milliy valyutadagi (so‘mli) Visa plastik kartasi muomalaga chiqarildi. Mijozlar ushbu plastik karta orqali nafaqat mamlakatimizda, balki chet elda ham to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega.

Anjumanda ytilishicha, bankning Chilonzor filiali qoshida yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko‘lamli bank va konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi Bank xizmatlari markazi ishga tushirilgan. Navro‘z bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro mintaqaviy filiallarda ham Bank xizmatlari markazlari ochilishi ko‘zda tutilgan.

– Toshkent shahridagi Inxa universitetida bank xizmatlari va amaliyotlarini avtomatlashtirish bo‘yicha O‘zsanoatqurilishbank moliyaviy texnologiya markazi (“Financial Technology center of Sanoat Qurilish Bank”) tashkil etildi, – deydi bankning Axborot texnologiyalari departamenti direktori Abror Kenjaev. – Loyiha universitet talabalariga turli axborot texnologiyalari yordamida bank biznesining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar asosida mustahkamlashga qulaylik yaratsa, bank uchun AKT sohasida kadrlar zaxirasini o‘z vaqtida yuqori salohiyatli mutaxassislar bilan to‘ldirishga keng sharoit yaratadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech