03 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,6 °C

Turizm
26 Fevral  2020 686

Qozon va Buxoro o‘rtasida istiqbolli hamkorlik

Ayni kunlarda rasmiy tashrif bilan Buxoro viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari Tatariston Respublikasida bo‘lib turibdi.

Safardan ko‘zlangan maqsad viloyatning turizm imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish, qolaversa, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda salohiyatli firma, kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazish va o‘zaro samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga qaratilgan.

Qozon Kremlida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonov Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoevni qabul qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar Tatariston va Buxoro viloyati korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, tovar va xizmatlarni o‘zaro yetkazib berishni kengaytirish hamda gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, biznes onlaynda Qozon shahridan Buxoroga yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar tashkil etilishi taklifi ilgari surildi.

O‘tkazilgan muzokaralar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirilishi yuzasidan «Yo‘l xarita» tasdiqlanib, topshiriqlar ijrosi masullar tomonidan nazoratga olindi, deya xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech