14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14 °C

Dolzarb
31 Dekabr  2018 1529

Qozog‘iston 2019-yil fevralidan Qirg‘izistonga benzin eksport qilmoqchi

Qozog‘iston 2019-yil fevralidan Qirg‘izistonga benzin eksport qilishni boshlashi mumkin. Hozir ikki mamlakat vakillari zarur hujjatlar borasida kelishuvning so‘nggi bosqichida turibdi, deya xabar tarqatdi O‘zA Zakon.kz ma’lumotlariga asoslanib.

Xabarda keltirilishicha, “Biz o‘tgan hafta qirg‘iz tomonidan javob oldik, u yerda mas’ul qo‘mita rahbari tayinlangan, ikki tomonlama muzokaralar olib bordik va erishilgan versiyani davlat idoralariga yubordik. Yangi yilgacha barcha ishlarni amalga oshirsak, yanvar oyining birinchi yarmida Qirg‘iziston bilan tegishli bitimni imzolaymiz, degan umiddaman. Bu degani fevral oyida, birinchi navbatda benzin eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘lishimizni anglatadi”, – deya ta’kidlagan Qozog‘iston Respublikasi energetika vaziri Qanat Bozumbaev.

Qozog‘iston hozircha dizel yoqilg‘ini eksport qilish niyatida emas. Buning uchun esa, avvaliga vazirlik mamlakatdagi yoqilg‘i ehtiyojini o‘rganishi, qo‘shni davlatga “yashirin” yoqilg‘i o‘tkazilishini to‘xtatishi kerak bo‘ladi. 

“Bizning fikrimizcha, talab qondirilishi borasidagi imkoniyatlarimiz 120 foizni tashkil qiladi, ammo biz hamma narsani hisob-kitob qilyapmiz. Shu sababli dizel yoqilg‘i masalasida Moliya vazirligi bilan birgalikda boshqa qaror qabul qilamiz. Biz chegaralarga postlar qo‘yamiz, bu postlar eksportdan avval nazoratni kuchaytiradi. Men o‘z qarorim bilan dizel yoqilg‘ilarini avtomobil transportida olib chiqilishini taqiqlayman”, – deya qo‘shimcha qildi Bozumbaev.

Uchta yirik neftni qayta ishlovchi zavod modernizatsiya qilinganidan so‘ng Qozog‘istonda ortiqcha yoqilg‘i-moylash mahsulotlari paydo bo‘ldi, respublika ortiqcha mahsulotlarni xorijga eksport qilmoqchi. Hozircha Qirg‘izistonga birgina Rossiya yoqilg‘i yetkazib beradi. Qirg‘iziston har yili 1 million tonna yoqilg‘i-moylash mahsulotlarini ishlatadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech