13 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Mamlakatimizda
10 Iyul  2020 442

«Oʻzkimyosanoat» AJning 12 ta aktivi auksion savdolariga qoʻyiladi

2020-yil 9-iyulda Hukumatning 432-sonli «Oʻzkimyosanoat» AJ tarkibidagi tashkilotlarning aktivlaridan samarali foydalanish hamda moliyaviy holatini sogʻlomlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan «Oʻzkimyosanoat» AJ tarkibidagi tashkilotlarga qarashli boʻlgan boʻsh turgan, foydalanilmayotgan va tarmoqning asosiy faoliyat turiga bogʻliq boʻlmagan aktivlaridan samarali foydalanish maqsadida:

- ommaviy savdolarda sotiladigan aktivlar (koʻchmas mulk obyektlari) roʻyxati;

- davlat va hokimiyat organlariga davlat mulki sifatida balans qiymatida beriladigan aktivlarning roʻyxati tasdiqlandi.

Unga koʻra, ommaviy savdolarda sotiladigan 12 ta, davlat va hokimiyat organlariga davlat mulki sifatida beriladigan 3 ta aktiv belgilandi.

Ommaviy savdolarda sotiladigan aktivlar “E-IJRO AUKSION”da boshlangʻich narxi ularning balans va (yoki) nominal qiymatida, agar balans qiymati “nol”ga teng boʻlgan taqdirda, shartli “1 soʻm” etib belgilanadi.

Shuningdek, qaror bilan davlat va hokimiyat organlariga davlat mulki sifatida balans qiymatida beriladigan aktivlar boʻyicha har qanday xarajatlarning kimyo korxonalari tomonidan amalga oshirilishi man etildi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech