20 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,4 °C

Xavfsizlik
22 Aprel  2019 439

O‘ziniki bo‘lmagan mulkni sotishga uringan fermer

Fermer yerdan foydalanib daromad oladimi yoki sotibmi?

Bu savolga qonunni bilganlar foydalanadi deydi. Lekin qaerdan bo‘lsa ham foyda chiqarishni o‘ylaydigan fuqarolar o‘zgalar mulkini sotib ham foyda ko‘raveraman deyishi ham mumkin.

Sh.O. Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumanida joylashgan “Far Shokir Ota” fermer xo‘jaligi rahbari. Fermer ho‘jaligi yerlari tumanning Guliston mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Yozyovon tumani hokimligi zaxirasidagi kontur bilan yonma-yon joylashgan.

Sh.O. esa firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida Yozyovon tumani hokimligi zaxirasidagi, Guliston mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 430-sonli konturdan 12 nafar fuqaroga 0,12 gektardan yer maydonini berishni va'da qilib, pullarini olgan. Shuningdek, yer maydonini turar joy shaklida uy qurilganligiga oid  hujjatlarini qilib berishini aytib, aldab jami 68 million so‘mdan ortiq pullarni qo‘lga kiritib, shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Sh.O. jinoyat ishlari bo‘yicha Yozyovon tumani sudi tomonidan jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan ayblangan. yetkazilgan zarar qoplangani uchun har oylik ish haqining yigirma foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uch yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Ayni kunda fuqarolar yer maydonlariga uy-joy qurib yashab kelmoqda. Lekin yer maydonini  ularga ajratish haqida hujjat bo‘lmagani uchun kadastr hujjatlarini qila olmagan.

Bu fuqarolarning uy-joylari taqdiri nima bo‘ladi, degan tabiiy savol tug‘iladi.

yerni  ularga ajratish haqida hujjat bo‘lmagani uchun bu  yer maydoni bo‘yicha tuman hokimiyati fuqarolik sudiga da'vo kiritadi. Chunki yerlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va hokimiyat zaxirasida bo‘lgan. Fuqarolik sudi uylarni buzib yerni tuman hokimiyati zaxirasiga qaytarishga hal qiluv qarori chiqarishi kutilmoqda.

O‘zboshimchalik bilan qurib olingan uy-joy uchun uy puli undirilmaydi.

Bitta “ishbilarmon”ning aldovlariga chuv tushgan fuqarolarda ayb yo‘q degim keladi, ammo... Ishonuvchanlik ortida qancha tashvish yotibdi. Ular avvalo hujjat qilish uchun o‘zi harakat qilishi kerak edi. Shundagina fermerning firibgarligi oshkor bo‘lardi.

Bekzod Haydarov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Yozyovon tuman sudi raisi

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech