17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,4 °C

Mamlakatimizda
22 Fevral  2019 1239

“O‘zdavkarantin” Qozog‘istonning O‘zbekistondan anor olib kirishga qo‘ygan taqiqi bo‘yicha bayonot berdi

Xabarda aytilishicha, Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan xabarda qayd etilishicha, 2018-yil va joriy yilning yanvar-fevral oylarida Qirg‘izistondan Qozog‘istonga olib kirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari karantin ko‘rigidan o‘tkazilganda 465 ta holatda fitosanitariya talablari buzilganligi, jumladan, 59 holatda karantindagi zararli organizmlar mavjudligi aniqlangan.

 

Shuningdek, Qozog‘iston karantin xizmati O‘zbekistondan 2018-yilda ikki holatda (22 oktyabrda 684 kg va 31 oktyabrda 615 kg) jo‘natilgan anordan Komstok qurti borligi aniqlanganini ma’lum qilgan.

Xalqaro fitosanitariya nazoratini amalga oshirish tajribasiga ko‘ra, ko‘rik jarayonida o‘simlik va o‘simlik mahsulotlarida karantindagi zararli organizmlar aniqlansa, zudlik bilan eksport qiluvchi davlatning karantin xizmatiga ma'lum qilinadi.

“Ayni paytda nima sababdan Qozog‘iston karantin xizmati anordan Komstok qurti aniqlanganidan qariyb 120 kun o‘tib bu haqda ma'lum qilgani hamda ushbu mahsulot importiga vaqtincha taqiq qo‘ygani o‘rganilmoqda va muzokaralar olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.

O‘zbekistonning anor mahsuloti asosan Rossiya bozorlariga yetkaziladi (ko‘p hollarda Qozog‘iston O‘zbekiston anorlarini Rossiyaga reeksport qiladi).

Mamlakat eksportyorlariga hozirda anor mahsulotini Rossiya va boshqa mamlakatlarga Qozog‘iston hududi orqali tranzit tarzida olib o‘tishlarida hyech qanday to‘siqlar mavjud emasligini ma'lum qilindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech